Sayt qoidalari
- Faqat o'zingizga tegishli ovozni joylashingiz mumkin. Boshqa odamning ovozini (shu jumladan taniqli shaxslarni) ruxsatsiz joylash taqiqlanadi va akkaunt bloklanadi.
- Har bir ovoz rozilik yozuvi bilan birga yuklanadi. Moderator uni tekshiradi.
- «Taniqli ovozlar» bo'limiga faqat shaxsini hujjat bilan tasdiqlagan va sayt bilan kelishuv tuzgan professionallar qo'shiladi.
- Ovozdan aldash, tuhmat, siyosiy tashviqot, firibgarlik yoki odamlarni chalg'itish uchun foydalanish qat'iyan man etiladi.
- Har bir buyurtma summasining 70% ovoz egasiga, qolgani sayt xizmatlari uchun ketadi.
- Ovoz egasi istalgan vaqtda ovozini katalogdan yashirishi mumkin.
- AI orqali yaratilgan audiodan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanish mumkin. Uni haqiqiy shaxsning jonli nutqi sifatida taqdim etish yoki birovni aldash taqiqlanadi.
- Bolalar (7–17 yosh) ovozi faqat ota-onaning akkaunti orqali, hujjatlar bilan joylanadi. Bola ovozi AI orqali nusxalanmaydi, ismi ko'rsatilmaydi, buyurtmalarni ota-ona tasdiqlaydi. Siyosat, spirtli ichimlik, tamaki, qimor, kredit va kattalar mavzulari taqiqlanadi.
- Buyurtma puli ijrochi topshirib, mijoz qabul qilgunga qadar saytda saqlanadi. Mijoz 3 kun ichida javob bermasa, ish avtomatik qabul qilinadi.
- Mijoz 2 martagacha bepul tuzatish (ohang, tezlik, xatolar) so'rashi mumkin. Matn o'zgarsa — bu yangi buyurtma.
- Pul faqat asosli sabab bilan qaytariladi (matn noto'g'ri o'qilgan, sifat yomon, muddat buzilgan). «Ovoz yoqmadi» sabab emas. Nizolarni admin hal qiladi.
- Yozuvdan foydalanish huquqi faqat qabul qilingan va to'langan ish uchun beriladi. Pul qaytarilgan yozuvdan foydalanish taqiqlanadi va qonun bo'yicha javobgarlikka sabab bo'ladi.
- Afsonaviy (marhum) shaxslarning ovozi faqat qonuniy merosxo'rlarining notarial ruxsati va arxiv yozuvlariga huquq bilan joylanadi, faqat AI orqali ishlatiladi va har bir audio merosxo'r yoki administrator tekshiruvidan o'tadi.
- «Retro uslubi» bo'limidagi ovozlar bugungi diktorlarga tegishli. Ular boshqa shaxs nomidan gapirmaydi va o'zini u deb ko'rsatmaydi.